Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»
Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari Oq uydan ushbu qarorga oydinlik kiritishni so‘ramoqda va ularning ayrimlari Amerika o‘z pozitsiyasini yumshatishiga umid qilyapti.
Foto: Getty images
Yevropalik amaldorlar AQSh tomonidan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berilishini to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi». Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Tramp NATO sammitida Volodimir Zelenskiy bilan o‘tgan «yaxshi» uchrashuvdan keyin Ukrainaga Patriot tizimlari yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqishini aytgandi. Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, AQSh prezidentining shu gaplaridan keyin yetkazib berishlar to‘xtatilgani ularni hayron qoldirgan.
Bloomberg manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari Oq uydan ushbu qarorga oydinlik kiritishni so‘ramoqda va ularning ayrimlari AQShning pozitsiyasi yumshatilishi yoki qayta ko‘rib chiqilishi mumkin, deb hisoblayapti.
Bloombergʼning yozishicha, «masofalanish» hissini kuchaytirgan holatlardan biri Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Vladimir Putin bilan telefon suhbati bo‘lgan. Makron harakatlarining mantig‘idan xabardor manbaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qadam Tehron tomonidan tahdid oshib borayotgani fonida Tramp G‘arb yetakchilari orasida Putinning yagona suhbatdoshi bo‘lmasligi uchun tashlangan.
1 iyul kuni AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Ukrainaga ayrim o‘q-dorilar, jumladan, Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun o‘nlab raketalar yetkazib berilishini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘lgandi. NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh o‘z armiyasining zaxiralari tugab qolishi xavfidan Patriot uchun raketalar yetkazib berishni to‘xtatgan.
Mavzuga oid
19:16 / 14.01.2026
Ukrainada yana korrupsiya mojarosi: Yuliya Timoshenko Rada deputatlarini sotib olishda ayblanmoqda
15:27 / 14.01.2026
BMT: 2025 yil Ukrainada tinch aholi uchun eng qonli yil bo‘ldi
13:58 / 14.01.2026
Rada Shmixal va Fedorov bo‘yicha kutilgan tayinlovlarni qo‘llab-quvvatlamadi
11:46 / 14.01.2026