Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krit orolida yuzaga kelgan yong‘inlar sabab 1,5 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
Yong‘inni o‘chirishga 200 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi, 46 ta mashina va vertolyotlar jalb etilgan. Ammo olov allaqachon ayrim uy va mehmonxonalarga tarqalib ulgurgan.
Gretsiyaning Krit orolida yong‘inlar sabab 1,5 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi AMNA agentligi.
Qayd etilishicha, yong‘inlar 3 iyun kuni Iyerapetra shahrida yuzaga kelgan. Butalar va o‘t-o‘lanlarning yonishi mintaqada, umuman, Yevropada hukm surayotgan kuchli jazirama tufayli yuzaga kelgan bo‘lib, kuchli shamollar yong‘inning tarqalishiga yordam bermoqda.
Yong‘inni o‘chirishga 200 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi, 46 ta mashina va vertolyotlar jalb etilgan. Ammo olov allaqachon ayrim uy va mehmonxonalarga tarqalib ulgurgan.
Jabrlangan mintaqalar fuqarolari va turistlar mahalliy yopiq stadionga joylashtirilgan. Bir necha kishi nafas olishdagi muammolar sabab shifoxonaga yotqizilgan.
Mintaqadagi Mehmonxonalar assotsiatsiyasi rahbari Jorj Tsarakisning aytishicha, yong‘inlar tufayli 5 mingga yaqin dam oluvchi Kritning janubi-sharqini tark etgan.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
08:19 / 06.06.2026