Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev hamrohligida Ag‘dam shahridagi «Imorat» tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi. Bu yerga Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Ag‘dam shahridagi «Imorat» tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu yerga Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham kelgan.
Ag‘dam shahri Ozarboyjonning g‘arbiy qismida, Qorabog‘ tumanida joylashgan. 2021 yildan boshlab shahar infratuzilmasi faol tiklanmoqda: yangi maktablar, bolalar bog‘chalari, uy-joylar, ma’muriy binolar qurilmoqda.
«Imorat» majmuasida Qorabog‘ xonligi asoschisi Panoh Alixonning saroyi va maqbarasi joylashgan. 2024 yilda majmua restavratsiya ishlari va arxeologik tadqiqotlardan so‘ng qayta ochilgan.
Bu yerda Qorabog‘ tulporlari parki va interaktiv muzey tashkil etilgan.
Yetakchilar majmuada yaratilgan sharoitlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mehmonlar e’tiboriga Ozarboyjon Qorabog‘ining boy madaniyati va an’analarini aks ettiruvchi Qorabog‘ tulporlari ishtirokidagi «Zafar» nomli madaniy dastur taqdim etilgan.




Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
12:06 / 17.05.2026