Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada oqsim kasalligi tarqaldi
Barcha chorva bozorlari vaqtincha yopildi, epidemiologik xavfli hududlarda karantin joriy qilindi.
Turkiyada hayvonlar orasida o‘ta xavfli oqsim kasalligi epidemiyasi qayd etildi, deb xabar berdi Ihlas Haber.
Qayd qilinishicha, Qurbon hayiti nishonlangandan so‘ng, hayvonlar orasida kasallik holatlari keskin oshgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatning 81 viloyatiga favqulodda xabarnoma yuborgan. Oqibatda Turkiya barcha chorva bozorlarini vaqtincha yopib, epidemiologik xavfli hududlarda karantin joriy qilgan.
Oqsim epidemiyasi sayyohlar uchun yangi ogohlantirishlarga sabab bo‘ldi.
Oqsim – tuyoqli hayvonlarning (qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa) o‘tkir va o‘ta yuqumli virusli kasalligidir. Unga pikornavirus sabab bo‘ladi.
Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, oqsim kasalligi virusi odamdan odamga yuqmaydi. Infeksiyaning asosiy tarqalish yo‘li kasal hayvon bilan aloqa qilish yoki xom sut va qayta ishlanmagan go‘shtni iste’mol qilishdir. Shu bilan birga, virus issiqlik bilan ishlov berish va ultrabinafsha nurlar ta’sirida tezda yo‘q qilinadi.
Kasallik profilaktikasi – hayvonlarni emlash, karantin va dezinfeksiya hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026