Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs ushlandi, Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi - mahalliy dayjest
Shavkat Mirziyoyev Eronga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar haqida gapirdi. Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs ushlandi. Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi. Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassa yopildi. Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs ushlandi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs «So‘qoloq» qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganida ushlandi.
Gumonlanuvchi qo‘lga olish jarayonida o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining «qasddan odam o‘ldirish» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni Xo‘jaobod tumanida oila a’zolariga pichoq bilan tahdid qilayotgan 65 yoshli erkak chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyevni pichoq bilan jarohatlagandi. IIB xodimi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Qotil esa voqea joyidan yashiringandi.
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanadi
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2025 yilgi 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanib, 31 avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.
Bunda loyihani kiritish bosqichi — 15 iyul – 3 avgust kunlari, saralash bosqichi — 4-18 avgust, targ‘ibot va ovoz berish bosqichi 19-31 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.
Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
Ohangaron shahar hokimligining bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mansabdor shaxs xizmat mavqeyidan foydalangan holda 1958 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, hozirda hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
U uyning narxini 15 ming dollarga kelishgan hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3,5 ming dollar berishini aytib, jami 18,5 ming dollar talab qilgan. Kelishilgan pulning 9,5 ming dollarini oldindan olgan vaqtida DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Taxtaqoracha dovonidagi yer maydonlarida quruq o‘t yonib ketdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, 4 iyul kuni soat 12:08 da boshqarmaga Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Qaynar» MFY hududidagi qir-adirliklarida quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yong‘in kuchli bo‘lib, osmonni tutun qoplaganini ko‘rish mumkin.
Qayd etilishicha, ushbu yong‘in Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘liga xavf solmagan. Dovonda ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda.
«Kitob tumani «Qaynar» MFY qir-adirligida sodir bo‘lgan yong‘in o‘rab olingan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Yong‘in ko‘lami qisqarib bormoqda. Aholi punktlari hamda Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yong‘in xavfi mavjud emas», – deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassa yopildi
Toshkent metropolitenining Mirzo Ulug‘bek, Xalqlar do‘stligi, Paxtakor, Hamid Olimjon, Pushkin, Do‘stlik, Toshkent, Oybek, Tinchlik, Shahriston, Bodomzor, Minor hamda Abdulla Qodiriy stansiyalarida kassalar yopildi, bunga chipta xarid qilish ko‘rsatkichi keskin kamaygani sabab bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, uzoq vaqt davom etgan kuzatuv va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, bir qancha metro bekatlaridagi vestibyullarda joylashgan kassalarda chiptalar harid qilish ko‘rsatkichi keskin kamaygani aniqlangan. Shu boisdan, naqd pul ko‘rinishida to‘lovni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan metro bekatlaridagi kassalar yopilgan.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar kassa yopilgan vestibyullarda avtomatlashtirilgan to‘lov turlarining boshqa usullari orqali to‘lov qilish imkoniyatiga ega.
Shavkat Mirziyoyev Eronga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar haqida gapirdi
Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etdi.
Davlat rahbari so‘zining avvalida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga tahdid solayotgan xavf-xatarlarni qayd etdi. O‘zbekiston yetakchisi mojaro va nizolarni diplomatiya va konstruktiv muzokaralar yo‘li bilan hal etish muhim ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Shu bilan birga, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishib bo‘lmasligi ta’kidlandi.
O‘z nutqi davomida Shavkat Mirziyoyev xalqaro huquq va global xavfsizlik institutlari tanazzuli muloqot va hamkorlikni yanada zaiflashtirib, kuch ishlatish va zo‘ravonlikka keng yo‘l ochayotganini bildirdi. Xususan, tashkilot a’zosi bo‘lgan Eron Islom Respublikasiga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortishi, keng miqyosdagi ekologik halokat o‘chog‘ining vujudga kelish xavfini tug‘dirishi aytildi.
«Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu qarorni mintaqadagi keskinlikni yumshatish, xavfsizlikni tiklash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholaymiz», — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Prezident ushbu sammit Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikka kuchli sur’at bag‘ishlashi va yangi bosqichni boshlab berishiga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

23:28 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasidagi o‘zgarishlar va Termizda harbiy mashg‘ulotlar - mahalliy dayjest

23:54 / 11.07.2025
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest

23:48 / 10.07.2025
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest

23:11 / 09.07.2025