Qoraqalpoğiston Respublikasining Xöjayli tumani hokimining qarori bilan tuman hududidagi barça davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarining faoliyati vaqtinça töxtatiladi.

Bunga 16–18 iyul kunlari ob-havo +40 darajadan yuqori bölişi sabab sifatida keltirilmoqda.

Bundan oldinroq «Özgidromet» joriy yilning 17-19 iyul kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelişi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi.

17 iyulda respublika şimolida, janubida va çöl hududlarida, 18–20 iyul kunlarida hududning katta qismida havo harorati +40...+43 darajagaça, janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda +44...+45 darajagaça kötariladi.

Respublika böyiça şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ba’zi joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi kutilmoqda.

17 iyul kuni uçun ob-havo prognozi

Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi +22...+24 daraja, kunduzi +38...+40 daraja böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 9–14 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatiladi. Harorat keçasi +24...+29 daraja, kunduzi +38...+43 daraja böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatiladi. Harorat keçasi +23...+28 daraja, çöl hududlarda ba’zi joylarda +30 darajagaça, kunduzi +38...+43 daraja böladi.

Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi +21...+26 daraja, kunduzi +36...+41 daraja böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi +23...+28 daraja, kunduzi +39...+44 daraja böladi.