Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilning G‘azoga zarbalari oqibatida kamida 60 falastinlik halok bo‘ldi
Isroil armiyasi yana gumanitar yordam olish uchun navbatda turgan tinch aholiga hujum qildi.
3 iyul kuni Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida kamida 60 nafar falastinlik halok bo‘ldi.
Hujum qurbonlari orasida oziq-ovqat olish umidida eksklavning markaziy va janubiy qismlaridagi gumanitar yordam tarqatish punktlariga yo‘l olgan 29 kishi ham bor, deya xabar beradi mahalliy sog‘liqni saqlash tizimidagi manbalar.
Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, G‘azo va Xon-Yunus shaharlarida Isroil qo‘shinlari ko‘chirilgan tinch aholi boshpana topgan maktab va chodirlarni o‘qqa tutgan.
Isroilning G‘azo sektori blokadasini kuchaytirishi mintaqada gumanitar falokatning chuqurlashishiga sabab bo‘ldi. Isroil askarlari gumanitar yordamning eksklavga kirib kelishiga to‘sqinlik qilmoqda va uni qabul qilish uchun navbatda turganlarni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Mavzuga oid
15:41 / 20.12.2025
Isroil sulhga qaramay G‘azodagi boshpanaga hujum uyushtirdi: kamida 6 kishi halok bo‘ldi
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
23:30 / 14.12.2025