Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi
Litvada ro‘yxatdan o‘tgan "Yevrosiyo zararni kamaytirish assotsiatsiyasi" va Germaniyadagi "Yevropa barqarorlik tashabbusi markazi" "nomaqbul tashkilotlar" ro‘yxatiga kiritildi.
Rossiya Adliya vazirligi «nomaqbul tashkilotlar» reyestrini to‘ldirdi. Ro‘yxatga Litvada ro‘yxatdan o‘tgan "Yevrosiyo zararni kamaytirish uyushmasi" va Germaniyadagi "Yevropa barqarorlik tashabbusi markazi" kirdi. Yangilangan reyestr agentlik saytida 4 iyul, juma kuni e’lon qilindi.
Ulardan birinchisi Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida giyohvandlik vositalari va psixofaol moddalarni iste’mol qiluvchilarga yordam bilan shug‘ullanadi. Ikkinchi tashkilotning rasmiy missiyasi «Yevropada demokratiyani mustahkamlash», uning asoschisi Rossiyadan Germaniyaga ko‘chib kelgan siyosatshunos Sergey Sumlenniy.
May oyi oxirida Rossiya hukumati Amnesty International (AI) inson huquqlari tashkilotini «nomaqbul» deb e’lon qildi. Rossiya Bosh prokuraturasiga ko‘ra, AI'ning Londondagi shtab-kvartirasi «global rusofobik loyihalarni tayyorlash markazi» hisoblanadi.
Rossiya qonunchiligida 2015 yildan beri «nomaqbul tashkilotlar» maqomi qonuniy ravishda mavjud. Ularning Rossiya Federatsiyasi hududida faoliyat yuritishi ma’muriy va jinoiy javobgarlik tahdidi ostida taqiqlangan. Ushbu tashkilotlar bilan hamkorlik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026