Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XAEA rahbari Eronning yadro dasturini yo‘q qilib bo‘lmasligini aytdi
U muammoni harbiy emas, balki diplomatik kelishuv orqali hal qilishga chaqirdi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi Eronning yadroviy dasturini butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi, dedi. Shu munosabat bilan, uning aytishicha, bu masalani diplomatik yo‘l orqali hal qilish kerak.
«Yechim harbiy bo‘lishi mumkin emas, chunki texnologik va sanoat bazasiga ega bo‘lgan bunday muhim davlatning salohiyatini butunlay yo‘q qilish ilojsiz. Har bir ehtimoliy ssenariyda diplomatik kelishuvga erishish kerak. Bunday kelishuvning bir qismi tegishli tizimli tekshirish bo‘lishi kerak, zarur tuzilma kerak», dedi Rafael Grossi.
13 iyun kuni Isroil Eronning yadroviy va mudofaa infratuzilmasiga qarshi harbiy operatsiyani boshladi. 22 iyun kuni Qo‘shma Shtatlar Isroil operatsiyasiga qo‘shildi: Amerika havo kuchlari Fordodagi (Eronning asosiy yadroviy inshooti; uranni boyitish bo‘yicha ikkita uskuna 80-90 m chuqurlikda joylashgan), Natanz va Isfaxondagi obektlarga zarba berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy dasturi butunlay yo‘q qilinganini aytdi. Eron Tashqi ishlar vazirligi faqat «jiddiy zarar» haqida xabar berdi. Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning yadroviy dasturi bir necha oy orqaga surilgan, biroq yo‘q qilinmagan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026