Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
Seul shahrida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi turizm brendi elchisi etib tayinlangan Global shaharlar turizmini rivojlantirish tashkiloti bosh kotibi Kang Da-yunga maxsus sertifikatni topshirish marosimi va uning doirasida sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Janubiy Koreya parlamenti a’zolari, madaniyat va turizm sohasidagi yetakchi mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari va nufuzli blogerlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi urg‘ulandi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi turizm brendi elchisi etib tayinlangan Global shaharlar turizmini rivojlantirish tashkiloti bosh kotibi Kang Da-yunga maxsus sertifikat topshirildi.
Kang Da-yunga O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi turizm brendi elchisi etib tayinlangani katta sharaf bilan qabul qildi. Uning aytishicha, ushbu lavozim nafaqat faxriy unvon, balki O‘zbekistonning boy va betakror turistik salohiyatini xalqaro miqyosda ilgari surish imkonini ham yaratadi.
Yangi lavozimdagi faoliyati doirasida bosh kotib O‘zbekistonning turistik imkoniyatlarini jahon bozorida faol targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratishini alohida ta’kidladi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026