Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston mudofaa sanoati vaziri Hayat Harraj bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuvda mudofaa va mudofaa sanoati sohasidagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi hamkorlik, jumladan mudofaa sanoati jabhasidagi aloqalar jadal rivojlanayotgani, davlat rahbarlari darajasida o‘zaro munosabatlarga alohida ustuvorlik berilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tarixiy va madaniy mushtaraklik zaminida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va, ayniqsa, mudofaa sohasidagi hamkorlikni xalqaro va mintaqaviy jarayonlarni hisobga olgan holda yanada chuqurlashtirishning muhimligi ta’kidlandi.
Vazir Hayat Harraj so‘nggi yillarda harbiy-texnikaviy sohada olib borilayotgan hamkorlikni yuqori baholab, ikki tomonlama muloqotni institutsionallashtirishda muhim choralar ko‘rilayotganini, mudofaa sanoati sohasida amaliy yechimlar ishlab chiqish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun samarali platforma yaratilganini qayd etdi.
Tomonlar zamonaviy zamonaviy texnologik yechimlarni hisobga olgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tomonlarning ilmiy-texnologik parklar imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
O‘zaro hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish uchun turli darajadagi delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:11 / 13.03.2026
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbalari oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
18:43 / 03.03.2026
Shavkat Mirziyoyev huzurida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
17:36 / 02.03.2026