Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Shimoliy Koreya RF qo‘shinlarini ular uchun zarur bo‘lgan snaryadlarning yarmi bilan ta’minlamoqda, ammo ayrim bo‘linmalar yuz foiz KXDRga bog‘lanib qolgan.
KXDR Ukraina bilan urush uchun Rossiyaga qurol va artilleriya snaryadlari ortilgan 28 mingta konteyner yetkazib bergan. Bu haqda Janubiy Koreya Harbiy razvedka agentligi hisobotiga tayanib Yonhap xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya armiyasi, xususan, 12 milliondan ortiq 152 millimetrli jangovar o‘q-dorilarni qabul qilib olgan. Shuningdek, 2024 yil oktyabrdan beri Shimoliy Koreya ittifoqchisiga 13 mingga yaqin harbiysini ham yuborgan. Ular Ukraina Qurolli kuchlarini Kursk oblastidan chiqarib yuborishda RF armiyasiga yordam bergan.
Pxenyanning Ukrainaga qarshi urushdagi ishtiroki allaqachon KXDR iqtisodiyotiga 20 milliard dollardan ortiq mablag‘ keltirgan. KIDA tahliliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy daromad aynan o‘q-dorilar yetkazib berishdan kelib tushgan. O‘rtacha hisobda Shimoliy Koreya Rossiya qo‘shinlarini ular uchun zarur bo‘lgan snaryadlarning yarmi bilan ta’minlayapti, ammo ayrim bo‘linmalar yuz foiz KXDRga bog‘lanib qolgan. G‘arb amaldorlari Rossiyada ishlab chiqariladigan o‘q-dorilarni 2024 yilda 2-2,3 millionga baholagan edi.
Bundan tashqari, Pxenyan texnologiyalarni topshirish orqali 630 million dollar va askarlari ortidan yana 280 million dollar ishlab olgan. Iyun oxirlarida Janubiy Koreya razvedkasi KXDR Rossiyaga qo‘shimcha harbiy yuborishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan Moskvaga yordam uchun yana 25-30 ming askar jo‘natishi mumkin.
Rossiya hozirga qadar Shimoliy Koreyadan uzoq masofaga mo‘ljallangan artilleriya, zalp o‘t ochish tizimlari, minomyotlar va ballistik raketalarni qabul qilib olgan.
Eslatib o‘tamiz, KXDR rahbari Kim Chen In 12 iyul kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Muzokaralar yakunida Rossiya va KXDR o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo almashinuv rejasi imzolandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026