Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, qarshi choralar bo‘yicha ikkita paket tayyorlangan, biroq Bryussel Vashington bilan bitim tuzishga umid qilmoqda.
Agar savdo kelishuvlari bo‘yicha yechim topilmasa, Yevropa Ittifoqi avgust oyi boshidan AQShga qarshi choralar ko‘rishga tayyor. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Bryusseldagi matbuot-anjumanida ma’lum qildi.
«AQSh bizga, agar kelishilgan yechim topilmasa, kuchga kiradigan choralari bayon qilingan maktubni yubordi. Shuning uchun biz qarshi choralarimizni to‘xtatishni avgust boshigacha uzaytiramiz. Shu bilan birga, biz to‘liq tayyor bo‘lish uchun javob choralariga tayyorgarlikni davom ettiramiz», — dedi Ursula fon der Lyayyen.
Yevrokomissiya rahbarining qayd etishicha, YeI AQShga qarshi allaqachon ikkita javob chorasini tayyorlab qo‘ygan bo‘lsada, 1 avgustgacha tomonlar o‘rtasida savdo kelishuviga erishilishiga umid bildirmoqda.
YeI apreldan beri AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar olib boradi. Bitim imzolashning oxirgi muddati sifatida 1 avgust sanasi belgilangan. 12 iyuldan boshlab respublikachilar Yevrokomissiya rahbari nomiga maktub yo‘llab, avgust oyidan YeI tovarlari uchun 30 foizli bojlar qo‘llanilishidan xabardor qilgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Trampning harakatlaridan keskin norozi ekanini ma’lum qildi. U «yevropaliklar manfaatlarini qat’iy himoya qilish uchun» Yevroittifoq o‘z qat’iyatini namoyon etadigan vaqt kelganini ta’kidladi.
Avvalroq, Amerika prezidenti Kanada uchun 35 foizlik va Braziliyada ishlab chiqarilgan tovarlarga 50 foizlik tariflarni e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026