Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi
Rossiya tashqi ishlar vaziri va KXDR tashqi ishlar vaziri Vonsan shahrida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan TIVlararo almashinuv rejasini imzoladi.
Rossiya va KXDR hamkorligining rivojlanishi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDR tashqi ishlar vaziri Choy Son Xi bilan Vonsan shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
«Men hamkasbim Choy Son Xi bilan munosabatlarimizning izchil rivojlanishi mamlakatlarimiz, davlatlarimiz manfaatlariga javob berishini hamda Koreya yarimoroli va butun Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishini ta’kidladik», — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR davlat ishlari raisi Kim Chen In doimiy aloqada va «bu amaliyotni hech kim to‘xtata olmaydi».
Lavrovning qayd etishicha, muzokaralar davomida Shimoliy Koreya tomoni «maxsus harbiy operatsiya»ning barcha maqsadlari va Rossiya rahbariyatining harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan.
«Ukraina inqirozi atrofidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdik. Koreyalik do‘stlar "maxsus harbiy operatsiya"ning barcha maqsadlari hamda Rossiya rahbariyati va Rossiya armiyasining harakatlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. O‘z navbatida, Koreya xalq armiyasi harbiy xizmatchilariga Kursk viloyatidagi operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlashda qo‘shgan hissasi uchun yana bir bor samimiy minnatdorchiligimizni bildirdik», — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida samimiy birdamlik belgisini ko‘rsatishni rad etish uchun hech qanday sabab yo‘q edi. «KXDRning o‘zi biz strategik sheriklik bo‘yicha kelishuvimizni amalga oshirish shakllarini ilgari surmoqda», — dedi Lavrov.
Rossiya TIV rahbari, shuningdek, Moskva Seul bilan muloqotda Pxenyanni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha yordam berishini aytdi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
20:18 / 11.05.2026