Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV
Yaqin 60 kun ichida Rossiya muhim mavqega ega bo‘lgan Ukraina viloyatlari ma’muriy chegaralarigacha bo‘lgan hududlarni bosib olish bo‘yicha yangi harakatlarni amalga oshirishi ta’kidlanmoqda.
Rossiya yaqin ikki oy ichida Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirish niyatida. Bu haqda Axios nashri Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbati tafsilotlariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Putin AQSh prezidentiga «yaqin 60 kun ichida Rossiya muhim mavqega ega bo‘lgan Ukraina viloyatlari ma’muriy chegaralarigacha bo‘lgan hududlarni bosib olish bo‘yicha yangi harakatlarni amalga oshirishini» aytgan.
Manbalarga ko‘ra, Tramp bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan shaxsiy suhbatda ma’lum qilgan.
«U hamma yerni egallamoqchi», dedi Tramp Makronga.
Ta’kidlanishicha, aynan shu suhbatdan keyin Amerika prezidenti Putinni faol tanqid qila boshlagan va Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berishga qaror qilgan. Bu haqdagi bayonot 14 iyul kuni e’lon qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
10:20 / 09.07.2026