Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil boshidan beri urushda 100 ming rossiyalik askar halok bo‘ldi - NATO bosh kotibi
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Vashingtonda Donlad Tramp bilan uchrashdi. Ushrashuv davomida AQSh prezidenti Rossiyadan norozi ekanini ta’kidladi.
2025 yil boshidan beri Rossiya—Ukraina urushida rossiyalik 100 ming harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 14 iyul kuni Oq uyda o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi.
«2025 yil 1 yanvardan boshlab rossiyalik 100 ming askar halok bo‘ldi», — dedi Ryutte.
NATO bosh kotibi buni Tramp Rossiyadan norozi ekani, tomonlar allaqachon urushni yakunlash bo‘yicha bitim tuzishlari kerak bo‘lganini aytganidan keyin ma’lum qildi.
«Biz allaqachon bitim tuzishimiz kerak edi. Har hecha odamlar halok bo‘lyapti… Ko‘plab rossiyalik askrarlar va ko‘plab ukrainaliklar qurbon bo‘lmoqda», — dedi Tramp.
Avvalroq Donald Tramp agar Ukraina bo‘yicha 50 kun ichida kelishuvga erishilmasa, AQSh Rossiya va uning savdo hamkorlariga 100 foiz miqdorida ikkilamchi sanksiyalar joriy etishini ma’lum qilgandi. 50 kunlik muhlat 1 sentabr kuni tugaydi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026