Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
- jismoniy shaxslarga oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish uchun onlayn ariza yuborish tartibini joriy qilish;
- jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan onlayn arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibini joriy qilish;
- hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali qabul qilish.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda jismoniy shaxslarga oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish uchun ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali joriy etilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
20:55 / 23.04.2026
Ta’limda sun’iy intellekt: talabalar oldinda, universitetlar orqada qolmoqda
22:25 / 14.04.2026
Urbanizatsiya, kadastr va geodeziya oliygohi ochiladi
10:20 / 13.04.2026
Oliy ta’limda chet elliklar uchun yangi grant dasturi ishga tushiriladi
10:00 / 13.04.2026