Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin va Si bilan Xitoyda, Ukraina bo‘yicha «dedlayn» kunida uchrashishi mumkin
Xitoy rahbari ularni Ikkinchi jahon urushi yakunlanishiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etishga taklif qilgan.
Foto: Getty images
Xitoy raisi Si Jinping 3 sentabr kuni Pekinda bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushi yakunlanishiga bag‘ishlangan tantanalar doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchtomonlama uchrashuv tashkil etishi mumkin. Bu haqda The Times xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Putin allaqachon bayram tadbirida ishtirok etishini tasdiqlagan. Tanlangan sana Tramp Kremlga qo‘ygan «ultimatum»ning tugashiga deyarli to‘g‘ri keladi: avvalroq u Putinga Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun 50 kun (1 sentabrgacha) muhlat bergandi.
Nashrning yozishicha, ba’zi xitoylik tahlilchilar va jamoat arboblari 3 sentabrdagi paraddan xalqaro diplomatik harakat uchun imkoniyat sifatida foydalanishga chaqirmoqda.
Mashhur xitoylik millatchi Tszin Tszanjun shunday dedi: «Nima uchun Trampning tashrifini ushbu paradga bag‘ishlamaslik kerak? Agar u kelib, ishtirok etsa, bu dunyo uchun kuchli ijobiy signal bo‘ladi. Xitoy, Rossiya va Amerika rahbarlarining yonma-yon turgan qiyofasi tinchlik va barqarorlik ramzi bo‘lishi mumkin».
Mavzuga oid
17:58
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
09:46
Berlindagi muzokaralar: AQSh Donbassni topshirishni talab qilmoqda
13:27 / 15.12.2025
“Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak” – poliglot o‘zbek qizi bilan suhbat
12:57 / 15.12.2025