Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI birinchi marta Xitoy banklariga Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun sanksiyalar kiritdi
Suifenhe Rural Commercial Bank va Heihe Rural Commercial Bank mintaqaviy banklari cheklov choralariga duchor bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqi Xitoyning ikkita bankini Rossiya harbiy mashinasini jilovlashga qaratilgan 18-sanksiyalar paketiga kiritdi. Bu Xitoyning moliyaviy muassasalari Moskvaning Ukrainaga qarshi tajovuzini qo‘llab-quvvatlagani uchun Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan birinchi holat.
South China Morning Post (SCMP) diplomatik manbalarining xabar berishicha, Suifenhe Rural Commercial Bank va Heihe Rural Commercial Bank mintaqaviy banklari cheklov choralariga duchor bo‘lgan.
Ushbu qaror Xitoyning javob choralariga olib kelishi mumkin, deb yozdi nashr. Pekin bir necha oy davomida ushbu banklarning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmasligi uchun faol harakat qilgan edi.
Manbalarga ko‘ra, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I iyul oyida Yevropa diplomatiyasi rahbari Kayya Kallas bilan uchrashuvi chog‘ida banklar qora ro‘yxatga kiritilgan taqdirda javob choralari ko‘rilishi haqida bir necha bor ogohlantirgan.
Bryusselda, SCMP suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, xitoylik diplomatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqidagi elchi Tsay Jun Yevropa Ittifoqi vakillari bilan «ochiq muzokaralar» olib borib, yakuniy qarorga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026