Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
Uchtepa tumanida 64-raqamli avtobus yonib ketdi. Toshkent FVBga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha ochiqlanmadi.
Toshkent shahri Uchtepa tumanida 18-avtosaroyga qarashli 64-raqamli avtobus yonib zararlandi, deya xabar bermoqda poytaxt FVB.
20 iyul kuni soat 12:44 da tumanning Birlik mavzesida avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:50 da yetib borib, yong‘in soat 12:53 da o‘chirilgan.
Hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha ochiqlanmadi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
17:43 / 23.06.2026