Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari O‘sh shahridagi Kiyiz Group mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sardor Salimov bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning vodiy viloyatlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Kiyiz Group korxonasi filialini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Korxona rahbari Sardor Salimov O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibor, xususan, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsion muhit va taqdim etilayotgan imtiyozlardan yaxshi xabardorligini ma’lum qildi. U, shuningdek, O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshirish uchun o‘zbekistonlik sheriklar muzokaralarga tayyorligini bildirdi.
Kiyiz Group MChJ rahbari bilan O‘zbekistonda kigiz mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha korxona tashkil etishga kelishib olindi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayoni, xomashyo manbalari va tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
10:25 / 06.07.2026