Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Falastin tomonining talablari orasida mahbuslarni almashishning boshqa mexanizmi va Isroil tomonidan harbiy harakatlarni davom ettirmaslik kafolati bor.
Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha vositachilar taklif qilgan kelishuv loyihasini joriy variantda qabul qilishga rozi bo‘lmadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, HAMAS uni takomillashtirishni taklif qilmoqda. Falastin tomonining talablari orasida mahbuslarni almashishning boshqa mexanizmi va Isroil tomonidan harbiy harakatlarni davom ettirmaslik kafolati bor.
«Manbaning xabar berishicha, HAMAS agar 60 kunlik sulh davrida kelishuvga erishilmasa, Isroilga urushni qayta boshlashga to‘sqinlik qiladigan bandni kiritish talabini qo‘shgan», deb yozdi Reuters.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, HAMAS shuningdek, G‘azoga insonparvarlik yordami jamg‘armasini (GHF) tugatishni talab qilmoqda, mahbuslarni almashishning boshqacha mexanizmini taklif qilmoqda va kelishuvga Rafah nazorat-o‘tkazish punktining har ikki yo‘nalishda uzluksiz ishlashi kafolatlanishi haqidagi bandni kiritishga chaqirmoqda.
6 iyul kuni HAMAS va Isroil Misr, Qatar va AQSh vositachiligida Dohada o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi. O‘tgan dushanba kuni Falastin harakatiga yaqin bo‘lgan Maan agentligi tomonlar kelishuvni shu haftada, uzog‘i bilan kelasi hafta boshida imzolashi mumkinligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, agentlik barcha bandlar hali kelishib olinmaganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026