Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom sivilizatsiyasi markaziga kontrabandachilardan musodara qilingan 267 ta madaniy ashyo topshirildi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Sariosiyo» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan respublika hududidan 267 dona qadimiy tangalar va taqinchoqlar qismlarini noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqishga urinish fosh qilingan edi.
Ushbu ashyolarning qadimiyligi va qiymatini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan badiiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 39 dona osma bezak ko‘rinishidagi kumush tangalar XIX asrda Buxoro amirligida zarb qilingan, 228 ta taqinchoq qismlari esa XIX asr oxiri va XX asr boshlariga mansub deb topildi.
Sudning tegishli qaroriga binoan davlat egaligiga o‘tkazilgan tarixiy buyumlar Bojxona qo‘mitasi raisi tashabbusi bilan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga topshirildi.
Shu munosabat bilan Bojxona qo‘mitasi raisi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori ishtirokida tarixiy-madaniy boyliklarni topshirish-qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bojxona organlari tomonidan noyob tarixiy va madaniy boyliklarni asrab-avaylash yo‘nalishida keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar muntazam davom ettirilayotgani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
17:54 / 17.05.2026
O‘zbekistonga qaytarilgan noyob tarixiy buyumlar ilk bor ilmiy jamoatchilik e’tiboriga havola etildi
21:26 / 05.05.2026
Davlat chegarasidagi noqonuniy tunnel uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
18:00 / 01.05.2026