Turizm | 09:05 / 25.07.2025
3134
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

Joriy yilning dastlabki besh oyida O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan.

2025 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistondan 2 million 700 ming nafar kishi turizm maqsadida xorijiy davlatlarga borgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 574,1 ming kishiga yoki 26,4 foizga ko‘p.

Ushbu davrda O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p Qirg‘iziston (1 million 189 ming 793 kishi), Tojikiston (501 ming 657 kishi) va Qozog‘istonga (468 ming 208 kishi) sayohat maqsadida borgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid