Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV
Checheniston rahbari dengizda cho‘milganida mazasi qochgan, hatto tipirchilab, nafas ololmay qolgani ta’kidlanmoqda.
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Turkiyaning Bodrum shahridagi ta’til paytida suvga cho‘kib ketishiga sal qoldi, deb xabar berdi bir qancha turk ommaviy axborot vositalari (1, 2, 3, 4).
Ta’kidlanishicha, hodisa Bodrumning Qaynar tumanidagi besh yulduzli mehmonxonada sodir bo‘lgan. Qodirov dengizda cho‘milganida mazasi qochgan, hatto tipirchilab, nafas ololmay qolgan.
Mehmonxona xodimlari (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra - qirg‘oq qo‘riqlash xizmati) tez yordam chaqirgan, Qodirovga sohilda birinchi yordam ko‘rsatilgan, shundan so‘ng xususiy shifoxonaga yetkazilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Checheniston rahbari o‘zini yaxshi his qilmoqda, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
So‘nggi bir necha yil ichida Ramzon Qodirovning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida ko‘plab tasdiqlanmagan xabarlar tarqalmoqda. Ta’kidlanishicha, u 2019 yildan beri oshqozon osti bezining og‘ir kasalligi tufayli yiliga kamida ikki marta davolanadi, ba’zan jarrohlik muolajalaridan o‘tadi.
2025 yilda Checheniston rahbari hokimiyatni oila a’zolariga, xususan, 17 yoshli o‘g‘li Adamga topshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
07:28 / 18.01.2026
Qodirov YTH haqidagi xabar ortidan o‘g‘li Adam aks etgan videoni e’lon qildi
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
21:34 / 07.01.2026