Çeçeniston muxolifati Niyso telegram-kanali va «Kavkaz.Realii» naşri 16 yanvar kuni keçqurun manbalarga tayanib, Ramzan Qodirovning öğli Adam Grozniydagi YTH oqibatida jarohatlangani haqida xabar berdi.
«Kavkaz.Realii» manbasiga köra, Çeçeniston rahbarining 18 yoşli öğli boşqargan maşina juda katta tezlikda boşqaruvni yöqotib, tösiqqa borib urilgan. «Ostorojno, novosti» manbasi yozişiça, Qodirovning maşinasi kortej boşida bölgan, unga hamrohlik qilgan boşqa avtomobillar ham katta tezlikda harakatlangan, birinçi maşina tösiqqa urilganidan söng orqadagilar bir-biriga urilgan.
YTH oqibatida qança odam jabrlangani hozirça aniq emas. Dastlab ijtimoiy tarmoqlarda avariya oqibatida UFC çempioni Hamzat Çimayev halok bölgani haqida xabar tarqalgandi. Köp ötmay «Çeçnya segodnya» naşri Çimayev tirikligi va ayni vaqtda Dubaydaligi haqida xabar berdi.
Yöl-transport hodisasi joyi va unga tutaş köçalar örab olingan, bu Google Maps va «Yandeks.Karty» xizmatlarida ham öz aksini topdi, şuningdek, Niyso xabariga köra, yöl-transport hodisasida jabrlanganlar olib kelingan şifoxona atrofida ham harakat tösib qöyilgan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi «uçar hospital» sifatida foydalanadigan An-148-100YeM samolyoti öşa kuni keçqurun Grozniydan uçib ketgan. Flightradar24 servisi ma’lumotlariga köra, u taxminan soat 1:10 da Moskvaning Vnukovo aeroportiga qöngan, yarim soatdan söng u yerga Ramzan Qodirovning RA-73417 bort raqamiga ega Airbus ACJ319 samolyoti ham uçib kelgan.
«Kavkaz.Realii» manbasi xabar berişiça, Adam Qodirov Grozniydaligidayoq, transportirovkadan oldin öziga kelgan, şifokorlar uning ahvolidan xavotirda bölmagan. Naşrning yana bir manbasiga köra, yöl-transport hodisasida jabrlanganlar boşqa şaxslar ham Moskvaga yuborilgan. «Kavkaz.Realii» suhbatdoşi jabrlanganlar soni va jarohatlar darajasiga aniqlik kiritmadi. Niyso versiyasiga köra, jabrlanganlar orasida Adam Qodirovning uç nafar tansoqçisi ham bölib, ularning jarohati oğir.
Kiçik Qodirov iştirokidagi YTH böyiça heç qanday rasmiy izoh berilmagan. Çeçeniston ommaviy axborot vositalari ham voqea haqida yozişmadi, faqatgina «Çeçnya Segodnya» UFC jangçisi Hamzat Çimayev kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarga raddiya berdi. Grozniydagi yöl-transport hodisasi haqida na federal naşrlar va na bunday yangiliklarga ixtisoslaşgan Baza, 112 va Mash telegram-kanallari xabar berdi.












