Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy xuddi Maduro kabi Ramzon Qodirovni ham qo‘lga olishni taklif qildi
Balki shunda Putin buni ko‘rib, o‘ylanib qolar, dedi Ukraina prezidenti jurnalistlar bilan muloqotda.
AQSh urushni to‘xtatish va Vladimir Putinga bosim o‘tkazish uchun Checheniston rahbari Ramzon Qodirovni qo‘lga olish bo‘yicha harbiy operatsiya o‘tkazishi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
«Marhamat, mana sizga [Venesuela prezidenti Nikolas] Maduro bilan bog‘liq misol. Operatsiya qilishdi. Natijani hamma, butun dunyo ko‘rdi. Bu tezda amalga oshirildi. Mayli, Qodirov bilan ham, o‘sha qotil bilan ham qandaydir operatsiya qilishsin. Balki shunda Putin buni ko‘rib, o‘ylanib qolar», dedi Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqotda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda Rossiyaga real bosim o‘tkazish uchun vositalar bor va ulardan qanday foydalanishni biladi, biroq buning uchun Vashingtonda Ukraina ustuvor bo‘lishi kerak. Hozircha AQSh prezidenti Donald Trampning vakillari Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo ular «vaqtni cho‘zmoqda», dedi Zelenskiy.
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov so‘nggi paytlarda omma oldida kam ko‘rinish bermoqda. «Novaya gazeta. Yevropa» nashriga ko‘ra, u og‘ir kasal. Bir taxminga ko‘ra, unda buyrak bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin, boshqa taxminga ko‘ra, unda oshqozon osti bezi nekrozi bor.
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026