Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Starlink ishida global uzilish ro‘y berdi
Dunyo bo‘ylab sun’iy yo‘ldosh aloqalaridagi uzilishlar taxminan 2,5 soat davom etdi. Ukraina Qurolli kuchlari Starlink «butun front bo‘ylab qulaganini» aytdi.
Foto: AP
24 iyul, payshanba kuni Starlink butun dunyo bo‘ylab yirik uzilishni boshdan kechirdi, bu taxminan ikki yarim soat davom etdi. Starlink hozirda deyarli qayta tiklandi, dedi Starlink vitse-prezidenti Maykl Nikols X ijtimoiy tarmog‘ida.
«Taxminan 2,5 soat davom etgan tarmoqdagi uzilishdan so‘ng Starlink deyarli qayta tiklandi. Uzilish sababi asosiy tarmoqning ishlashini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy ichki dasturiy ta’minot xizmatlarining ishlamay qolishi bo‘ldi», deb yozadi Nikols.
Starlink ishidagi global uzilish Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ning sun’iy yo‘ldosh aloqalaridan faol foydalanayotgan bo‘linmalariga ta’sir ko‘rsatdi. 24 iyul kuni kechqurun Ukraina Qurolli kuchlari uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlari qo‘mondoni Robert Brovdi Starlink «frontda ishlamay qolganini» ma’lum qildi. Bir necha soatdan keyin u barcha yo‘nalishlarda aloqa tiklanganini aytdi.
Mavzuga oid
07:17 / 19.02.2026
Yashirinishga joy yo‘q: harbiylarga real vaqtda ma’lumot beradigan qudratli sun’iy yo‘ldoshlar
18:25 / 16.02.2026
«Mirzo Ulug‘bek» ilmiy sun’iy yo‘ldoshi 2028 yilda uchirilishi mumkin
19:57 / 15.02.2026
Frontdagi vaziyat: Ukraina Zaporijjya oblastida qarshi hujumga o‘tdi
18:01 / 10.02.2026