Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik aynan AZAL samolyoti halokatidan keyin yuzaga kelgani ta’kidlanmoqda.
Ozarboyjon Rossiyadan Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi samolyotining Qozog‘istondagi halokati bo‘yicha javobgarlikni tan olishini kutmoqda, dedi Berliner Zeitung nashriga mamlakat prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Hikmet Gajiyev.
Uning fikricha, Ozarboyjon va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik aynan AZAL samolyoti halokatidan keyin yuzaga kelgan.
«Hodisa Rossiya hududida, Rossiya havo hududida sodir bo‘ldi va biz bu qanday sodir bo‘lganini bilamiz. Bu sir emas. Ozarboyjon qo‘shni davlat va hamkor davlat sifatida Rossiyadan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini va bu masalada adolatni ta’minlashini kutadi», dedi Hojiyev.
2024 yil 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahri aeroporti yaqinida AZAL samolyoti halokatga uchradi. 38 kishi, jumladan, yetti nafar rossiyalik halok bo‘ldi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev halokatdan so‘ng samolyot Grozniy shahri yaqinida tashqi ta’sir tufayli shikastlanganini va bu boshqaruvni yo‘qotishga olib kelganini aytdi.
Kremlning tushuntirishicha, samolyot Grozniy aeroportiga qo‘nishga urinayotgan paytda hudud, jumladan, Mozdok va Vladikavkaz Ukraina dronlari hujumiga uchragan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, «samolyot bilan bog‘liq fojiali voqea Rossiya havo hududida sodir bo‘lgani» uchun uzr so‘radi.
Ozarboyjon tomoni samolyot halokati munosabati bilan Rossiyaga qarshi xalqaro sudlarga da’vo kiritish uchun hujjatlarni tayyorlamoqda. Boku Rossiya tomonining aybini tan olishini, shuningdek, jabrlanganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishini va AZAL samolyoti uchun yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
12:06 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarboyjonga boradi
11:53 / 14.05.2026