Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolqon olov ichida qoldi
Bolqonda o‘t o‘chiruvchilar qo‘shni mamlakatlar yordamida jazirama, qurg‘oqchilik, shamol va ehtiyotsizlik oqibatida paydo bo‘lgan ko‘psonli yong‘in o‘choqlarini nazoratga olishga urinmoqda.
Ushbu dam olish kunlari eng og‘ir vaziyat Albaniyada vujudga keldi, yong‘inlar mamlakatning bir nechta hududlarida davom etmoqda. Aholi uylari, infratuzilma katta zarar ko‘rdi, minglab gektar hududlar olov ichida qolgan.
Misli ko‘rilmagan yong‘inlar ortidan Tirana Yevropa fuqaro mudofaasi mexanizmiga murojaat qildi. Italiya, Xorvatiya va Vengriya mutaxassislari Albaniyaga yetib keldi. Ayni paytda yuzlab o‘t o‘chiruvchilar yong‘inlarga qarshi kurashmoqda.
Bolgariyada ham shunga o‘xshash vaziyat hukm surmoqda, bu yerda 230ta yong‘in o‘chog‘i qayd etilgan. Sofiya ham YeIdan yordam so‘radi.
Bolqonda o‘tgan haftadan jazirama ob-havo boshlangan, ayrim joylarda harorat 42 darajadan oshib ketdi. Shimoliy Makedoniya va Xorvatiyada bir nechta yirik yong‘inlar o‘chirildi.
Mavzuga oid
11:39 / 22.01.2026
Zarafshonda savdo do‘konlarida yong‘in: 7 ta do‘kon zarar ko‘rdi
13:30 / 21.01.2026
Shayxontohur tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi
11:27 / 20.01.2026
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
08:50 / 14.01.2026