Jahon | 21:32 / 27.07.2025
2972
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi

Devid Lemmining fikricha, tanaffus e’lon qilinishi “G‘azo aholisining uqubatlarini yengillashtirmaydi”.

Foto: Anadolu Agency

Isroil armiyasining G‘azoning ayrim hududlarida taktik tanaffuslar joriy etish to‘g‘risdagi qarori muhim, lekin allaqachon tashlanishi kerak bo‘lgan qadamdir, deyiladi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmining bayonotida.

"Isroil mudofaa armiyasining gumanitar yo‘lak ochish va havodan gumanitar yordam tashlashni tiklash uchun vaqtinchalik tanaffus e’lon qilishi - zarur, lekin juda kech tashlangan qadam. Yordam berish yaqin soatlar va kunlarda zudlik bilan tezlashtirilishi kerak", - dedi u. 

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, tanaffus e’lon qilinishi “G‘azo aholisining uqubatlarini yengillashtirmaydi”.

"Urushga nuqta qo‘yish uchun o‘t ochishni to‘xtatish, asirlarni ozod qilish va G‘azoga quruqlik orqali gumanitar yordam to‘xtovsiz yetkazilishiga kafolat berish kerak. Bu choralar to‘liq amalga oshirilishi, gumanitar yordam berish yo‘lidagi to‘siqlar olib tashlanishi kerak", - dedi Lemmi.

Yakshanba kuni Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) gumanitar maqsadlar uchun G‘azo mintaqasining ayrim hududlarida har kuni soat 10.00dan 20.00gacha taktik tanaffus qilishini bildirdi. Tanaffus Al-Mavasi, Dayr-al-Balah tumanlari va G‘azo shahrida joriy etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid