Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Oxirgi uch yil ichida Fayyarddagi korxonada Rossiyaning to‘qqizta kemasiga xizmat ko‘rsatilgan.
Foto: Alexei Druzhinin/AP/Ritzau Scanpix
Daniyalik milliarder Tomas Andersen va uning kompaniyasi boshqaruvi a’zosi Torben Ostergaard RF prezidenti Vladimir Putinga xizmat qilmoqda, deb yozadi Ekstra Bladet gazetasi.
Ta’kidlanishicha, shu kunlarda Andersenga qarashli Fayyard portidagi kemalarga xizmat ko‘rsatish korxonasiga “Yamal SPG” zavodidan gaz tashuvchi “Fedor Litke” kemasi kirgan. Shu bilan birga, qayd etilishicha, kema Kipr bayrog‘i ostida harakatlanadi.
Avvalroq esa ushbu korxonada “Nikolay Urvansev” kemasiga xizmat ko‘rsatilgan. Oxirgi uch yil ichida Fayyarddagi korxonada Rossiyaning to‘qqizta kemasiga xizmat ko‘rsatilgan, deb yozadi gazeta.
May oyida Yevroittifoq “Yamal SPG” zavodiga qarshi sanksiyalar kiritgan — Yaponiyaning Rossiya suyultirilgan gazini tashuvchi Mitsui OSK Lines operatoriga qarashli uchta kemaga nisbatan cheklov choralari joriy etilgandi.
Mavzuga oid
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
13:40 / 24.03.2026