Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Qayd etilishicha, xorijiy davlatlarning sanksiyalar kiritilayotgan kompaniya va fuqarolarning Rossiya harbiy-sanoat majmui bilan aloqalari mavjud.
Foto: Reuters
Kiyev Rossiya, Xitoy, BAA va Eronning yuzga yaqin kompaniya va jismoniy shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu haqdagi tegishli farmon Ukraina prezidenti saytida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, xorijiy davlatlarning sanksiyalar kiritilayotgan kompaniya va fuqarolari Rossiya harbiy-sanoat majmui bilan aloqalarga ega.
Farmonga ko‘ra, ular bilan savdo amaliyotlari olib borish, resurslarni tranzit qilish va boshqa turdagi hamkorliklar taqiqlanadi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bildirishicha, joriy etilgan sanksiyalar Yevropa ittifoqining 18-sanksiyalar paketi bilan sinxronlashtiriladi.
“Sanksiyalarimiz hamkorlarimizning yurisdiksiyalarida muvofiqlashtirilishi ustida ishlayapmiz”, — dedi u.
Mavzuga oid
19:30 / 20.05.2026
Ukraina va Erondagi urushlar: o‘xshashlik va tafovutlar
08:50 / 20.05.2026
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
21:32 / 19.05.2026
200 nafarga yaqin rossiyalik harbiy Xitoyda yashirincha tayyorgarlikdan o‘tdi – OAV
20:30 / 19.05.2026