Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azoga gumanitar yordam: Mers Netanyahudan yangi qadamlar talab qildi
Isroil bosh vaziri bilan telefon suhbatida Germaniya kansleri G‘azoda taktik pauza e’lon qilinishidan keyin «tezda muhim qadamlar qo‘yilishi»ni talab qildi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali suhbatda taktik pauza e’lon qilinganidan keyin «tezda muhim qadamlar qo‘yilishi»ni talab qildi. Suhbat 27 iyul kuni bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) Telegramʼda G‘azo sektoriga yetib kelayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshirish uchun gumanitar maqsadlarda mahalliy vaqt bilan 12:00 dan 22:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) harbiy amaliyotlarda taktik pauza joriy etishini ma’lum qilgan edi.
Rejim sektorning bir qator hududlarida keyingi xabarnomagacha amal qiladi. Bunga armiya so‘nggi vaqtlarda faol harbiy amaliyotlar o‘tkazmagan hududlar, jumladan, Al-Mavasi, Dayr al-Baloh shaharlari va G‘azo shahrining ayrim hududlari kiradi.
Qaror BMT va xalqaro tashkilotlar bilan kelishilgan.
Bundan tashqari, mahalliy vaqt bilan soat 06:00 dan 23:00 gacha aholiga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib beruvchi va tarqatuvchi gumanitar karvonlarning xavfsiz o‘tishi uchun barcha hudud bo‘ylab maxsus yo‘nalishlar amal qiladi.
Mavzuga oid
09:56
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026