Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil droni Livanda o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi
Isroil armiyasi hozircha hujum haqida ma’lumot bermagan.
Isroil harbiy-havo kuchlarining uchuvchisiz uchog‘i Livan janubidagi Tir va Yatir shaharlari yaqinidagi o‘rmonlarga yondiruvchi bombalar tashladi. Bu haqda Livanning NNA axborot agentligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, dron hujumi o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish uchun Livan fuqarolik mudofaasi bo‘linmalari safarbar etilgan. Isroil armiyasi hozircha hujum haqida ma’lumot bermagan.
Isroil va Livan o‘rtasida 2024 yil 27 noyabrda imzolangan sulh bitimiga qaramay, Isroil tomoni uning shartlarini muntazam ravishda buzmoqda.
Livanga quruqlikdan uyushtirilgan hujumlar chog‘ida bir qancha chegara shaharlariga kirgan Isroil qo‘shini, kelishuvning to‘liq chekinishni talab qiladigan bandiga qaramay, besh nuqtada pozitsiyalarini egallashda davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:56
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026