Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi
Bunday chora rossiyaliklar xavfsizligini oshirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Rossiya bo‘ylab migrantlarning taksida ishlashini taqiqlash kerak. Bu haqda Davlat dumasining mintaqaviy siyosat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mixail Matveyev aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sankt-Peterburgda jamoat transporti sohasida migrantlar ishini cheklash bo‘yicha joriy etilgan chora fuqarolar xavfsizligini oshirishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, xuddi shunday cheklovlar Samara viloyatida ham joriy etilgan.
«Bu to‘g‘ri, chunki umuman olganda, jamoat transporti, jumladan, taksi ishiga juda mas’uliyat bilan yondashish kerak. Bunday taqiqni Rossiyaning [butun] hududiga tarqatish zarurati bor», dedi Matveyev.
Deputatning ta’kidlashicha, taqiq Rossiya pasportini olgan migrantlarga, shuningdek, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Armaniston fuqarolariga taalluqli bo‘lmaydi. Uning ta’kidlashicha, bunday choralar joriy etilganda ish o‘rinlari Rossiya fuqarolari foydasiga qayta taqsimlanishi mumkin. Matveyevning tushuntirishicha, bunday cheklovlar faqat Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi.
28 iyul kuni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov chet el fuqarolariga 2025 yil oxirigacha shaharda taksida ishlashni taqiqlovchi qarorni imzolagan edi.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026