Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident xom mevalar eksportga chiqarilishini tanqid qildi
Oqibatda xorijdagi savdo tarmoqlari O‘zbekistonning minglab tonna mahsulotini xom holatda yetkazib berilgani uchun qabul qilmagan.
Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida xom mevani eksportga chiqarayotgan tadbirkorlarni tanqid qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
«Mahsulotlarimiz sifatli va shirin bo‘lgani uchun tashqi bozorlarda „O‘zbekistonda yetishtirilgan“ brendi shakllangan», – dedi davlat rahbari.
Lekin, ayrim «chaqqon» savdogarlar hammadan oldin qimmatroq sotishni ko‘zlab, xom mevani eksportga chiqarayotgani tanqid qilindi. Oqibatda xorijdagi savdo tarmoqlari minglab tonna O‘zbekiston mahsulotini xom holatda yetkazib berilgani uchun qabul qilmagan.
Oqibatda O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar tashqi bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkinligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, eksport 21 ta tumanda o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga ham yetmagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, bu tumanlarda 80 ming gektar paxta va g‘alla ekilmaydigan maydon, yana 55 ming gektar tomorqa yeri bor.
Ushbu 21 ta tuman hokimiga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu borada o‘zgarish qilish bo‘yicha aniq rejalarni tuzish topshirildi.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
17:49 / 24.04.2026