Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada shatdaunlar paytida ham ayrim resurslarga kirish imkoni yaratilishi mumkin
Raqamli rivojlanish vazirligi va telekommunikatsiya operatorlari internet cheklanganda ayrim xizmatlardan foydalanish imkoniyatini saqlab qolish masalasini muhokama qilmoqda. Ustuvorlik «Gosuslugi», bank ilovalari va favqulodda xabarlar kanallariga beriladi.
Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi va aloqa operatorlari hatto internet cheklangan bo‘lsa ham, ayrim resurslar va xizmatlarga kirishni saqlab qolishning texnik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.
Bunday muhokamalar haqidagi ma’lumotni nashrning ikki manbasi tasdiqladi — biri vazirlikka yaqin, ikkinchisi esa aloqa operatorlaridan biriga aloqador. Birinchisi, ushbu muammo «turli xizmatlar va bo‘limlarga ta’sir qiladi va muvozanatli yondashuvni talab qiladi», dedi. Nashrning telekommunikatsiya sohasidagi manbasiga ko‘ra, «blokirovka boshlanganidan beri» shu mavzudagi maslahatlashuvlar davom etmoqda.
«Davlat platformalari (Gosuslugi), bank ilovalari va favqulodda vaziyatlar haqida xabar berish kanallarining ishlashini ta’minlash ustuvor vazifadir», — deya ta’kidladi «Bilayn» operatori matbuot xizmati. Kompaniya vakillarining qo‘shimcha qilishicha, texnik nuqtayi nazardan bunday xizmatlarga trafikni alohida ustuvorlik bilan yo‘naltirish mumkin, ammo buning uchun «alohida tartibga soluvchi qaror» kerak bo‘ladi.
Rossiya hukumati may oyida Ukraina dronlarining hujumlari tufayli mobil tarmoqlarni muntazam ravishda uzib qo‘yishni boshladi. O‘sha paytda chora-tadbirlar natsistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligini nishonlash vaqtida xavfsizligini ta’minlash zarurligi bilan izohlangan, ammo keyin uzilishlar muntazam ko‘rinish oldi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025