Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda yana aksiya: talablar o‘zgarmadi, yangi shiorlar
Kiyevda NABU va SAP korrupsiyaga qarshi kurash idoralari mustaqilligini tiklash hamda Iqtisodiy xavfsizlik byurosi rahbarini tayinlash talablari bilan bir yarim mingdan ortiq odam namoyishga chiqdi. Yomon ob-havo namoyishni to‘xtata olmadi.
Kuchli yomg‘irga qaramay, 30 iyul, chorshanba kuni Kiyevda bir yarim mingdan ortiq odam korrupsiyaga qarshi kurash organlarining mustaqilligidan mahrum etilishiga qarshi navbatdagi norozilik namoyishiga chiqdi. Aksiya Oliy radada Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi (NABU) va Antikorrupsiya maxsus prokuraturasi (SAP) vakolatlari to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqish arafasida bo‘lib o‘tdi. Yana bir talab hukumatni Iqtisodiy xavfsizlik byurosi (BEB) rahbari uchun tanlov g‘olibini tasdiqlashga majburlash edi.
Aksiya boshlanishidan avval Franko maydonidagi bog‘ga yig‘ilganlar yomg‘irdan himoyalanish uchun kartonga shiorlar chizib, uni plyonka bilan o‘rab oldi. Tashkilotchilar hafsalasi pir bo‘lganini yashirmadi — axir, mitinglarning birinchi kunlarida ular o‘n mingga yaqin kishilarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. «Katta» deb e’lon qilingan joriy aksiya ishtirokchilarni ancha kam to‘pladi. Noqulay ob-havoga qaramay, namoyishchilar avvalgi namoyishlarda yangragan «Korrupsiya o‘ldiradi!», «NABU va SAP uchun mustaqillik!», «BEB rahbarini tayinlang!», «Deputatlar – ishga!» shiorlarini tinimsiz aytdi.
Namoyishchilar deputatlarni, ularning fikricha, korrupsiyani qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Namoyishchilar Ukraina davlat bayrog‘i hamda Rossiya agressiyasini qaytarish timsollaridan biriga aylangan qizil va qora bayroqlarni ko‘tarib, Rossiya rahbariyatiga nisbatan turli so‘zlarni aytdi. Shuningdek, «Ukrainaga shon-sharaflar – qahramonlarga shon-sharaflar!», «Xalqa shon-sharaflar – dushmanlarga o‘lim», «Ukraina – hamma narsadan ustun!» degan vatanparvarlik shiorlari yangradi. Vaqti-vaqti bilan Ukraina madhiyasi ham eshitildi va poraxo‘r amaldorlar tomonidan o‘g‘irlangan mablag‘larni Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlariga yo‘naltirish talablari qo‘yildi. Namoyishchilar tiz cho‘kib, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida halok bo‘lgan ukrainalik askarlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqladi.
Maydonda yangi va eski shiorlar yangradi. O‘zini Yelena deb tanishtirgan o‘rta yoshli ayol «Mudofaa sanoatida o‘g‘irlik» degan karton yozuv bilan turgan. U DW nashriga korrupsioner amaldorlar istehkomlar qurish, qurol ishlab chiqarish va tovarlarni sotib olish uchun ishlatilishi kerak bo‘lgan mablag‘larni o‘g‘irlayotganini aytdi. «Front bundan mahrum va bu bizning askarlarimizni o‘ldirmoqda. Ayrimlar boyib ketmoqda, boshqalari esa oddiygina o‘lib, qo‘lida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘larini ololmay halok bo‘lmoqda. Shuning uchun bizga korrupsiyaga qarshi infratuzilma juda kerak», deb ta’kidladi namoyishchi.





Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
10:02 / 13.06.2026