Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi
Korrupsiyaga qarshi kurash idoralarini bosh prokuror nazoratiga o‘tkazish to‘g‘risidagi avvalgi qonun G‘arb hamkorlari va mamlakat fuqarolari noroziligiga uchragan edi. Yangi qonun ushbu idoralarga yana mustaqillikni qaytardi.
Ukraina Oliy Radasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi (NABU) va Ixtisoslashtirilgan antikorrupsiya pokuraturasi (SAP) vakolatlarini tiklovchi qonunni qabul qildi.
Hujjatni 331 nafar deputat yoqladi. Oliy Rada yig‘ilishi Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri birinchi marta onlayn translatsiya qilindi. Ilgari xavfsizlik nuqtai nazaridan jonli efir taqiqlangan edi.
Prezident Zelenskiy Rada deputatlariga NABU va SAP vakolatlarini tiklash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va bu qonunni allaqachon imzolaganini ma’lum qildi.
Bunday tezkorlik Yevropa Ittifoqi tomonidan muzlatilgan moliyalashtirishning tiklanishi, shuningdan G‘arb va mamlakat ichidagi tanqidlarni tinchlantirish bilan izohlanishi mumkin.
22 iyul kuni Oliy Rada NABU va SAP idoralarini mustaqillikdan mahrum qilgan 12414-sonli qonun loyihasini qabul qildi. Zelenskiy qonunni imzoladi. Shu sababli Ukrainada norozilik namoyishlari boshlandi, hujjatdan Kiyevning yevropalik hamkorlari ham norozilik bildirdi.
Oradan ikki kun o‘tib, 24 iyul kuni Ukraina prezidenti Radaga «korrupsiyaga qarshi organlar vakolatlarini qisqartirishni bekor qiluvchi» 13533-sonli yangi qonun loyihasini kiritdi.
Yangi qonun nazoratni bosh prokurorga o‘tkazish to‘g‘risidagi avvalgi qarorni bekor qilish orqali NABU va SAP mustaqilligini kafolatlaydi. Biroq, Rossiya ta’sirini to‘xtatish uchun byuro detektivlarini poligrafda tekshirish imkoniyati saqlanib qolmoqda: Ukraina Xavfsizlik xizmati 21 iyul kuni NABUdagi keng ko‘lamli tintuvlarni aynan shunday ta’sirga qarshi kurash bilan izohlagan edi.
Mavzuga oid
18:20 / 17.06.2026
Davlat xizmatchilari uchun qamoqxonaga ekskursiya amaliyoti yo‘lga qo‘yildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026