Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Bunday kasblar orasida haydovchilar, sotuvchilar va tibbiyot xodimlari bor.
Rossiya Mehnat vazirligi chet ellik ishchilarni odamlar bilan ijtimoiy munosabatlarni nazarda tutuvchi lavozimlarga kvotalar bo‘yicha ishga joylashtirishni taqiqlashni taklif qildi. Bunday kasblar orasida haydovchilar, sotuvchilar va tibbiyot xodimlari bor.
Buyruq loyihasi 1 avgust kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari saytida e’lon qilindi. Hukumat kvotasi chet el fuqarosining Rossiyada bir yildan ortiq bo‘lmasligini nazarda tutadi. 2025 yil uchun 234,9 mingta ruxsatnoma kvotasi belgilangan.
22 iyul kuni Davlat dumasi kvota bo‘yicha kelgan migrantlarga rus tilini bilish bo‘yicha test topshirmaslikka imkon beradigan qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Mehnat vazirligining fikricha, bu xorijdan ishchi kuchini jalb qilish imkonini beradi.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
17:32 / 19.06.2026