Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV
Bu boradagi mamlakat siyosati o‘zgarmagani va hukumat Rossiyadan importni qisqartirish bo‘yicha «neft kompaniyalariga hech qanday ko‘rsatma bermagani» ta’kidlanmoqda.
Hindiston AQSh prezidenti Donald Trampning boj va jarimalar bilan tahdid qilishiga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi. Bu haqda Hindiston hukumatidagi manbalarga tayanib, 2 avgust kuni bir nechta nashrlar, jumladan, The New York Times, Reuters va TASS xabar berdi.
NYT yuqori martabali suhbatdoshining aytishicha, mamlakat siyosati o‘zgarmagan va hukumat Rossiyadan importni qisqartirish bo‘yicha «neft kompaniyalariga hech qanday ko‘rsatma bermagan».
«Bu uzoq muddatli neft shartnomalari. Bir kechada xaridlarni to‘xtatish unchalik oson emas», deb Reuters anonimlik sharti bilan gapirgan boshqa bir manbaning so‘zlarini keltirdi.
«Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olmoqda. Ularning ta’minot bo‘yicha qarorlari narx, xom neft navi, zaxiralar, logistika va boshqa iqtisodiy omillarga bog‘liq. Hindistonning energiya sotib olishi milliy manfaatlar va bozor sharoitlari bilan bog‘liq», dedi TASS suhbatdoshi.
Shunga qaramay, 31 iyul kuni Reuters Hindistonning to‘rtta davlat neftni qayta ishlash kompaniyasi Rossiya nefti uchun chegirmalar qisqargani sababli sotib olishni to‘xtatgani haqida xabar berdi. Gap Indian Oil Corp (IOC), Hindustan Petroleum Corp (HPCL), Bharat Petroleum Corp (BPCL) va Mangalore Refinery Petrochemical Ltd (MRPL) kompaniyalari haqida bormoqda.
14 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bayonot berib, agar Moskva 50 kun ichida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishmasa, Rossiya va uning hamkorlariga qarshi 100 foizlik boj joriy etishga va’da berdi. Keyinchalik u muhlatni 10 kungacha (8 avgustgacha) qisqartirdi. Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp Rossiya neftining xaridorlari haqida gapirgan.
Yaqinda Amerika prezidenti 1 avgustdan boshlab Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan harbiy texnika va energiya sotib olgani uchun Hindistonga «jarima» solishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026