Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p kiberjinoyatlar Telegram va WhatsApp orqali sodir etilayotgani aytildi
Firibgarlar Telegram orqali “Bu senmi?” degan yozuv bilan zararli fayllarni jo‘natishmoqda. WhatsApp orqali esa go‘yoki bank xodimlari nomidan qo‘ng‘iroq qilishmoqda yoki xabar yuborishmoqda.
Foto: picture-alliance/dpa/W. Kastl
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarning aksariyati Telegram va WhatsApp messenjerlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumot berilishicha, oxirgi bir hafta ichida Telegram orqali 414 va WhatsApp orqali 313ta kiberjinoyat sodir etilgan. Jinoyat sodir etishda “VKontakte”dan 19 marta, “Odnoklassniki”dan bir marta foydalanilgan.
Vazirlik firibgarlardan himoyalanish uchun antivirus o‘rnatishni tavsiya qildi. Kiberxavfsizlik mutaxassislarining ogohlantirishicha, firibgarlar Telegram orqali “Bu senmi?” degan yozuv bilan zararli fayllarni jo‘natishmoqda. WhatsApp orqali esa go‘yoki bank xodimlari nomidan qo‘ng‘iroq qilishmoqda yoki xabar yozishmoqda.
Mavzuga oid
08:27 / 06.03.2026
Putin harbiylar uchun Telegramʼdan foydalanish xavfli ekanini aytdi
21:45 / 24.02.2026
Pavel Durovga Rossiyada «terrorizmga ko‘maklashish» bo‘yicha jinoiy ish ochildi
15:05 / 20.02.2026
Telegram: xorijiy maxsus xizmatlarda yozishmalarga kirish imkoni yo‘q
13:09 / 18.02.2026