Jahon | 16:08 / 03.08.2025
4572
3 daqiqa o‘qiladi

Yevropada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda – fotosuratlar

Lyuksemburg hududiga teng keladigan yer maydoni yong‘inlardan zarar ko‘rgan.

Ispaniyadagi Mombeltran munitsipaliteti. Foto:Juan Medina / Reuters / Scanpix

Yevropada anomal darajadagi yuqori harorat va qurg‘oqchilik tufayli bir necha haftadan buyon kuchli o‘rmon yong‘inlari bo‘lib o‘tmoqda. Qit’a janubidagi Gretsiya, Kipr, Ispaniya va Portugaliya kabi mamlakatlar tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rmoqda. O‘rmon yong‘inlari to‘g‘risidagi Yevropa axborot tizimi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil iyul oyi oxiriga kelib yong‘inlardan zararlangan jami yer maydoni 292 ming gektardan oshgan. Taqqoslash uchun: bu butun Lyuksemburg hududidan kattaroq. O‘tgan yilning shu davriga kelib o‘rmon yong‘inlaridan jabrlangan hududlar hajmi 140 ming gektarni tashkil etgandi. Ayrim hududlarda kuchli shamol olov tarqalishini osonlashtirib, vaziyatni murakkablashtirmoqda. Natijada qutqaruvchilar bunday hududlarda yong‘in o‘choqlarini bartaraf etishning uddasidan chiqolmayapti.

Afina, Gretsiya. 2025 yil 28 iyul
Dimitris Mantzouranis / NurPhoto / Getty Images
Krionerion, Afina chekkasi, Gretsiya. 2025 yil 26 iyul
Costas Baltas / Anadolu / Getty Images
Kipr janubidagi qishloqda yonib ketgan uylardan biri. 2025 yil 24 iyul
Petros Karadjias / AP / Scanpix / LETA
Kashtelu-di-Payva, Portugaliya. 2025 yil 30 iyul
Estela Silva / EPA / Scanpix / LETA
Borsh, Albaniya. 2025 yil 28 iyul
Florion Goga / Reuters / Scanpix / LETA
Krionerion, Afina chekkasi, Gretsiya. 2025 yil 26 iyul
Yannis Kolesidis / EPA / Scanpix / LETA
Arbo munitsipaliteti, Ispaniya. 2025 yil 29 iyul
Adrian Irago / Europa Press / Getty Images
Orense, Ispaniya. 2025 yil 23 iyul
Brais Lorenzo / EPA / Scanpix / LETA
Bolgariya janubi-g‘arbida yong‘in oqibatlari. 2025 yil 30 iyul
Nikolay Doychinov / AFP / Scanpix / LETA
Fransiya janubi-g‘arbidagi Sijan kommunasi yaqinida o‘rmon yong‘ini. 2025 yil 26 iyul
Matthieu Rondel / AFP / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid