Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Multimilliarder Timchenko Yevroittifoq sanksiyalarini oldirib tashlolmadi
YeIning Lyuksemburgdagi sudi Gennadiy Timchenko va uning rafiqasini YeI sanksiyalari ostida qoldirishga qaror qildi.
YeIning Lyuksemburgdagi sudi yana Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini olib tashlashga uringan multimilliarder Gennadiy Timchenko va uning rafiqasi Yelena Timchenkoning apellyatsiyasini rad etdi. Ikkalasiga nisbatan cheklovlar Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazadigan yoki tahdid soladigan harakatlar uchun Yevropa Ittifoqining sanksiya rejimi ostida joriy etilgan. Sud, shuningdek, er-xotinni sud xarajatlarini to‘lashga majbur qildi.
Avvalroq, 10 aprel kuni YeI sudining bosh advokati Gennadiy Timchenkoning apellyatsiyasini qanoatlantirish uchun asoslar yo‘q bo‘lgan rasmiy fikrini e’lon qilgan edi. Yelena Timchenkoning shikoyati bo‘yicha esa, advokat nafaqat oilani, balki er-xotinning umumiy jamg‘armasi orqali moliyaviy aloqasini ham ta’kidlab, uni ham rad etishni tavsiya qildi, bu nikoh munosabatlaridan tashqariga chiqadi va Timchenkoning xotiniga erining jamoat ishlarida ishtirok etishiga imkon beradi.
Bungacha er-xotin Timchenko sanksiyalar ro‘yxatidagi barcha shaxslarga yuklangan Yevropa Ittifoqi yurisdiksiyasi ostidagi aktivlari to‘g‘risida hisobot berish majburiyatini olib tashlashga harakat qildi. Biroq, Lyuksemburg sudi YeI Kengashi bunday talabni belgilash huquqiga ega deb hisobladi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026