Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida qatnashgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
U «Yollanish» moddasi bo‘yicha to‘rt yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
O‘zbekiston fuqarosi Ukrainadagi urushda ishtirok etgani uchun «Yollanish» moddasi bo‘yicha 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Bu haqda sud hukmiga tayanib TASS xabar berdi.
Ish materiallariga ko‘ra, 24 yoshli yigit 2024 yil oktyabr oyida Rossiyaga ishlash uchun ketgan, so‘ngra shu oyda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy shartnoma imzolagan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 154-moddasi (Yollanish) 1-qismi bilan aybdor deb topdi.
«To‘rt yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlansin», deyiladi hukm matnida.
O‘zbekiston qonunchiligida yollanish uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026
Rossiya qo‘shinlari Izyumga hujum uyushtirdi
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:50 / 14.07.2026