Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya kompaniyalari konsorsiumi O‘zbekistonga savdo missiyasini amalga oshiradi
Malayziya o‘rta darajadagi kompaniyalar konsorsiumi (MCMTC, Malaysian Consortium Mid-tier Companies) vakillari bilan videokonferensiya ko‘rinishida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda MCMTC ijrochi direktori Karen Feyrklauf bilan 2025 yil 5-8 noyabr kunlari MCMTC va unga a’zo kompaniyalar vakillaridan iborat (jami 20 kishi) delegatsiyaning O‘zbekistonga savdo missiyasini tashkil etishga kelishib olindi.
Savdo missiyasidan maqsad – O‘zbekistonda savdo va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish, davlat va mahalliy korxonalar bilan ikki tomonlama hamkorlik muzokaralarini o‘tkazish.
Malayziya tomoni O‘zbekistonga tashrifi davomida Savdo-sanoat palatasi a’zolari bilan B2B uchrashuvlarini o‘tkazish, Toshkent shahrida joylashgan chakana savdo, logistika va omborxona, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga tashrif buyurib, hamkorlik bo‘yicha muzokaralarini olib borishni rejalashtirmoqda.
Ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun MCMTC vakili O‘zbekistonlik yetakchi tadbirkor ayollarini 2025 yil 25-27 noyabr kunlari Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadigan WE2025: Future in Motion – Women in Trade, Investment, Leadership ko‘rgazmasida MCMTC pavilonida o‘z mahsulot va xizmatlari, texnologiya va ishlanmalari bilan ishtirok etishga taklif qildi.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
21:56 / 01.06.2026