Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Isroil bilan hamkorlikda xalqaro gemmologiya markazi ochiladi
Toshkent shahrida GCI Gemological Centers Uzbekistan gemmologiya markazi tashkil etiladi.
Mamlakat elchixonasi tashabbusi bilan Isroilning GCI Gemological Centers Ltd. kompaniyasi va O‘zbekistondagi Expert One MChJ o‘rtasida GCI Gemological Centers Uzbekistan gemmologiya markazini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Toshkentda ochiladigan markaz professional gemmologik ekspertizalar o‘tkazish, qimmatbaho toshlarni GCI xalqaro standartlari asosida sertifikatlash, shuningdek, gemmologiya sohasida ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.
Kompaniya bosh menejeri Yyehuda Yakarning aytishicha, GCI'ning O‘zbekistondagi filialini ochish haqidagi qaror, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, investitsiya muhitdagi ijobiy o‘zgarishlar, xalqaro ishonchning mustahkamlanishi hamda inson kapitaliga bo‘lgan e’tibor tufayli qabul qilingan.
Shuningdek, ushbu markazni tashkil etishda Isroildagi "Yangi O‘zbekiston" savdo-investitsiya uyi rahbari Nargiza Qodirovaning ham faol ishtiroki qayd etildi. "Yangi O‘zbekiston" savdo-investitsiya uyi 2024 yil avgust oyida diplomatik missiya ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, yirik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda katta hissa qo‘shmoqda.
GCI Gemological Centers Ltd. – dunyo miqyosida e’tirof etilgan, Isroilning nufuzli gemmologiya kompaniyasi bo‘lib, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni baholash, sertifikatlash hamda ta’lim sohalarida faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
17:56
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026