Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin sulh tuzish uchun Ukraina hududlarini so‘ramoqda – OAV
AQSh va Rossiya rasmiylari kelasi hafta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tramp va Putin o‘rtasidagi sammit uchun hududlar bo‘yicha kelishuv tayyorlamoqda. Biroq bunday kelishuvga erishish uchun hech qanday kafolat yo‘qligi qayd etilgan.
Vashington va Moskva Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv ustida ishlamoqda. Ushbu kelishuv Rossiyaning bosib olingan hududlar ustidan nazoratini mustahkamlashga qaratilgan. Putin butun Donbass va Qrimni berishni talab qilmoqda, buning evaziga Rossiya Xerson va Zaporojiye viloyatlarida hozirgi front chiziqlari bo‘ylab hujumni to‘xtatishga va’da bermoqda, deb yozdi Bloomberg manbalarga tayanib.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Rossiya rasmiylari kelasi hafta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tramp va Putin o‘rtasidagi sammit uchun hududlar bo‘yicha kelishuv tayyorlamoqda. AQSh ushbu bitimga Ukraina va Yevropa ittifoqchilarini rozi qilishga urinmoqda, biroq bunday kelishuvga erishish uchun hech qanday kafolat yo‘qligi qayd etilgan.
Bitim urushni amalda muzlatish va yakuniy tinchlik o‘rnatish bo‘yicha keyingi texnik muzokaralar bilan yarashuvga yo‘l ochishga qaratilgan. Avvalroq AQSh Rossiyadan urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar uchun maydon yaratish maqsadida hech qanday shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishni talab qilgandi.
Putin o‘z harbiy maqsadlari o‘zgarishsiz qolishini bir necha bor ta’kidlagan - ular orasida Kiyevga neytral maqomni berish, NATO a’zosi bo‘lish ambitsiyalaridan voz kechish va Qrim hamda Ukrainaning boshqa to‘rtta sharqiy va janubiy mintaqasini Rossiya foydasiga boy berilganini tan olish talablari bor. Ukraina o‘z Konstitutsiyaga ko‘ra, hududlarni bera olmaydi va Rossiya tomonidan bosib olinishi va o‘z yerlarining anneksiya qilinishini tan olmasligini aytmoqda.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026