Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Ukraina Tramp-Putin sammiti oldidan uchrashuvga tayyorlanmoqda
AQSh, Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari vakillari Donald Tramp va Vladimir Putinning 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadigan sammiti oldidan umumiy pozitsiyani ishlab chiqish uchun Buyuk Britaniyada uchrashmoqchi, deb yozadi Axios.
Foto: Brendan Smialowski/AFP via Getty
AQSh, Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari vakillari 15 avgust kuni Alyaskada Donald Tramp va Vladimir Putinning sammiti oldidan umumiy pozitsiyani ishlab chiqish uchun shu dam olish kunlari Buyuk Britaniyada uchrashmoqchi. Bu haqda 8 avgust, juma kuni rejalardan xabardor uch manbaga tayanib, Axios xabar berdi. Kiyev va uning NATOdagi qator ittifoqchilari Tramp Putinning urushni tartibga solish bo‘yicha takliflariga ularning pozitsiyasini e’tiborsiz qoldirib, rozi bo‘lishi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi Axios.
Unga ko‘ra, shaxsiy uchrashuv g‘oyasi 8 avgust kuni AQSh, Ukraina va Yevropa rasmiylari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan teleko‘prik chog‘ida muhokama qilingan – so‘nggi uch kundagi uchinchi shunday videomuloqotda. Uchrashuv logistikasi va uning ishtirokchilari haqidagi savollar hali ham muhokama qilinmoqda.
6 avgust, chorshanba kuni Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va bir qator Yevropa yetakchilari bilan telekonferensiya o‘tkazdi va u Uitkoffning Putin bilan uchrashuvi yakunlari haqida ma’lumot berdi. Ikki manbaga ko‘ra, Uitkoff, agar Ukraina Luxansk va Donetsk viloyatlari, shuningdek, Qrim Moskvaga berilsa, Putin urushni tugatishga rozi bo‘lganini da’vo qilmoqda.
Teleko‘prikning ayrim ishtirokchilari Putin Xerson va Zaporijjya viloyatlariga da’volaridan voz kechishga tayyor degan taassurotda qoldi, deb yozadi nashr. Bu Rossiyaning oldingi pozitsiyasidan sezilarli imtiyoz bo‘lardi. 8 avgust, juma kuni tomonlar qo‘shma pozitsiyani kelishib olishga harakat qilish uchun shaxsan uchrashish imkoniyatini muhokama qildi. Ukraina rasmiylarining aytishicha, ular Rossiya taklifi tafsilotlarini yoki AQShning bu boradagi pozitsiyasini tushunmayapti.
Mavzuga oid
19:11
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
18:47
Zelenskiy Ukrainadagi urush yakunlanishi haqida fikr bildirdi
17:00
Putin yana harbiy formada yig‘ilish o‘tkazdi. Lavrov Yevropani «tinchlik yo‘lidagi asosiy g‘ov» deb atadi
16:04